Bangladeshdagi tartibsizliklar qurbonlari soni 187 kishiga etdi
Bangladeshda davlat ish oʻrinlari uchun kvota tizimiga qarshi keng koʻlamli namoyishlar Oliy sud hukumat qarorini bekor qilganiga qaramasdan davom etmoqda. Toʻqnashuvlarda kamida 187 kishi halok boʻldi. Komendantlik soati payshanbagacha uzaytirildi, butun mamlakat boʻylab internet oʻchirilgan. Bosh vazir Shayx Hasina cheklovchi choralar vaziyat yaxshilanmaguncha davom etishini maʻʻlum qildi.
Bangladeshda
davlat ish oʻrinlari uchun kvota tizimiga qarshi keng koʻlamli namoyishlar davom
etmoqda. Mahalliy matbuotga koʻra, toʻqnashuvlarda kamida 187 kishi halok
boʻlgan.
Hukumat tartibsizliklarni bostirish uchun qattiq choralar
koʻrdi: komendantlik soati payshanbagacha uzaytirildi, butun mamlakat boʻylab
internet oʻchirildi, shahar koʻchalarida harbiy patrullar joylashtirildi.
Namoyishlar Bangladeshning 1971 yildagi Mustaqillik urushida
qatnashgan faxriylarning oila aʻʻzolari uchun davlat ish oʻrinlarining 30 foizini
ajratuvchi kvota tizimidan norozilik sabab boʻlgan. Keyinroq mamlakat Oliy sudi
kvotani 7 foizga kamaytirishga qaror qildi, biroq bu namoyishlarni toʻxtata
olmadi.
Bosh vazir Shayx Hasinaning aytishicha, cheklovchi choralar vaziyat
yaxshilanmaguncha davom etadi.
Biznes vakillari internetning yopilishini “biznes uchun
halokatli” deb atashdi va raqamli xizmatlarni tiklashni talab qilishdi.
2000 dan ortiq odam, asosan, muxolif partiyalar aʻʻzolari
zoʻravonlikda ayblanib hibsga olingan. Seshanba kuni kechqurun keng polosali
internet xizmatlari tiklanishi kutilmoqda, bu esa mamlakatdagi vaziyat haqidagi
axborot oqimini engillashtirishi
mumkin.