02.09.2025 13:21
174
BAAda dronlar kurьerlar oʻrnini egallamoqda
Birlashgan Arab Amirliklari(BAA)da yirik supermarketlar va etkazib berish xizmatlari kurьerlar oʻrniga dronlardan foydalanmoqchi.
Jumladan, Dubayda Lulu supermarketlar tarmogʻi (oziq-ovqat, texnika va maishiy buyumlar sotuvchi) dronlar orqali etkazib berish tizimini sinashni boshladi. Boshqa savdo tarmoqlari ham oʻz mahsulotlarini etkazib berishda dronlardan foydalanishni rejalashtirmoqda, biroq hali ish boshlanmagan.
Shu bilan birga, dronlarni tijoriy tarzda ishlatish uchun Fuqaro aviatsiyasi vazirligidan ruxsat olinishi kerak.
Kurьerlar oʻrniga dronlardan foydalanish tezlikni oshiradi: yoʻllarda tirbandlik boʻlsa ham, etkazib berishda muammo boʻlmaydi. Shuningdek, xarajatlar kamayadi, deyiladi xabarda.
Maъlumot uchun, Keeta Drone (Xitoy kompaniyasi) – BAAda dronlarni uzoqdan boshqarish uchun maxsus litsenziya olgan birinchi kompaniya. Kompaniya hozir Dubayda xizmat koʻrsatyapti, etkazib berish narxi — 9,5 dirham.