22.11.2024 08:38

Avstraliya hukumati Isroilning sobiq ichki ishlar vaziriga viza bermadi


Avstraliya hukumati Isroilning 2015-2019 yillarda adliya vaziri, 2021-2022 yillarda esa ichki ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan Aelet Shakedga viza berishni rad etdi. Bunga uning tashrifi Avstraliya jamiyatining ayrim qismlarini "tahqirlashi" va jamiyat ichida "nizo" qoʻzgʻatishi mumkinligi sabab qilib keltirildi.
Avstraliya hukumati Isroil sobiq ichki ishlar vaziri Aelet Shakedning viza olish haqidagi arizasini rad etdi, deb xabar bermoqda The Australian.

Avstraliya ichki ishlar departamenti poytaxt Kanberradagi konferentsiyada ishtirok etish uchun viza soʻrab murojaat qilgan sobiq Isroil vazirini oʻz qarori haqida yozma ravishda xabardor qilgan.

Maʻʻlumotlarga koʻra, Shakedning viza arizasi Avstraliya jamiyatining ayrim qismlarini «tahqirlashi» va jamiyat ichida "nizo qoʻzgʻatishi" mumkinligi sababli rad etilgan.

Shaked gazetaga bergan bayonotida Avstraliyaning qarori «uyatli» ekanligini aytdi.

Konferentsiya Kanberrada Avstraliya/Isroil va yahudiy ishlari boʻyicha kengash hamda Avstraliya strategik tahlil markazi tomonidan tashkil etilgan.

Aelet Shaked 2015-2019 yillarda Isroilda adliya vaziri, 2021-2022 yillarda esa ichki ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga aloqador