10.02.2025 15:07

Armaniston mehmonxonalarida musulmonlar uchun namozxonalar ochilishi mumkin



Armaniston turizm qoʻmitasi rahbari Lusine Gevorkyan mehmonxona egalarini musulmon sayyohlar uchun namozxon xonalar tashkil etishga chaqirdi. Bu haqda Armenia Today xabar bermoqda.

“Hraparak” gazetasining yozishicha, Gevorkyan mehmonxonalarda musulmonlar uchun maxsus namozxonalar tashkil etishni talab qilgan va bu shart bajarilmasa, tadbirkorlar litsenziyadan mahrum qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Armaniston Iqtisodiyot vazirligi esa mehmonxonalarda namozxonalar ochish majburiy emas ekanini taъkidladi. Ularning maъlumotiga koʻra, yigʻilishda asosan “halol” yorligʻi bilan oziq-ovqat sotish va Fors koʻrfazi mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlar uchun qulayliklar yaratish masalasi muhokama qilingan.

Mavzuga aloqador