20.04.2024 07:15

Kolumbiya universitetida Falastinni qoʻllab-quvvatlagan 100 dan ortiq talaba hibsga olindi

AQShning Nʻyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida Gʻazodagi genotsid va Falastin ishgʻolidan foyda koʻrayotgan shirkatlarga moliyaviy sarmoya kiritilishiga qarshi namoyish oʻtkazgan 100 ga yaqin talaba hibsga olindi.

Nʻyu-York politsiya departamenti (NYPD) zobitlar namoyishni toʻxtatishdan bosh tortganlarni hibsga olishlarini eʻʻlon qilganidan soʻng talabalar norozilik bildirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, Gʻazodagi genotsid va Falastin ishgʻolidan foyda koʻrayotgan shirkatlarga moliyaviy sarmoya kiritilishiga qarshi toʻplangan 100 dan ortiq talaba politsiyaning tarqalish haqidagi talabidan bosh tortgani uchun hibsga olindi. Politsiya, shuningdek, namoyishchilarning chodirlarini buzib tashladi.

Kolumbiya universiteti prezidenti Minouche Shafik norozilik universitet faoliyatiga «xavf» ekanligini aytdi: "Biz NYPD`dan bu odamlarni olib tashlashda yordam berishni soʻraymiz".

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan kadrlarda rektor talabi bilan universitet shaharchasiga kelgan mirshablar tinch oʻtirish koʻrinishida oʻtkazilayodgan namoyishning oldini olgani va bunga qarshi chiqqanlarni qamoqqa olish bilan tahdid qilganini koʻrish mumkin.

Avvalroq, Kolumbiya universiteti 24 mart kuni “Qarshilik 101” namoyishida ishtirok etgan toʻrt nafar talabani intizomiy jazoga tortish haqida qaror qabul qilgan, ushbu namoyishlar qatnashchilarini “terrorizm tarafdorlari” deb atagan edi.

Mavzuga aloqador