12.02.2024 15:30

AQShda qurollangan ayol kishi cherkovga hujum uyushtirdi

AQShning Texas shtatida 30‑35 yoshlardagi ayol yonida yosh bolasi bilan qariyb 45 ming odam ibodat qiladigan yirik cherkovga hujum uyushtirdi.

AQShning Xyuston markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan Leykvud cherkoviga qurolli hujum uyushtirildi.

Mahalliy OAV maʻʻlumotlariga koʻra, pastor Joel Ostin boshchiligidagi yakshanba kungi ibodat chogʻida cherkovga tashrif buyuruvchilarga qarata oʻq uzilgan.

Texas Tribune nashrining aniqlik kiritishicha, qurolli hujumni 30‑25 yoshlardagi ayol kishi amalga oshirgan. U yonida 4‑5 yoshlardagi bolasi bilan cherkovga kirib, miltiqda cherkovga tashrif buyurganlarga qarata oʻq otishni boshlagan.

Ayol cherkovda navbatchilikdan tashqari tashrif buyurgan ikki nafar politsiya zobiti tomonidan otib oʻldirilgan. Uning yonidagi bola esa ogʻir yaralangan. Shuningdek, yana bir 57 yoshli erkak oyogʻidan yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan. Hodisada boshqa qurbonlar yoʻqligi maʻʻlum qilindi.

Hartford Dinshunoslik instituti maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatdagi uchinchi yirik cherkov boʻlgan Leykvud cherkovida har hafta yakshanba kunlari 45 mingga yaqin odam qatnashadi.

Mavzuga aloqador