AQShning Filadelʻfiya shtatida masjidga ketayotgan erkak nomaʻʻlum shaxs tomonidan otib oʻldirildi. Qotil qurboni erga yiqilganidan keyin ham otishni toʻxtatmagan va soʻng mashinasida qochib ketgan. Hozirda politsiya tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Seshanba kuni tushdan keyin AQShning Filadelʻfiya shtatidagi Shimoliy Filadelfiya masjidi oldida bir kishi otib oʻldirildi, deya xabar berdi The Philadelphia Inquirer politsiyaga tayanib.

Filadelfiya politsiyasi bosh inspektori Skott Smolning matbuot anjumanida aytishicha, kuzatuv kamerasi tasvirlarida qurbon 43 yoshli erkak boshqa bir kishi bilan “Al-Aqsa” Islom jamiyati tomon ketayotgani, qurollangan shaxs ularning orqasidan yugurib kelib, jabrlanuvchiga qarata oʻq otishni boshlaganini koʻrish mumkin.

Qotil qurboni erda qulaganidan keyin ham unga qarata oʻq uzishni davom ettirgan. Shundan soʻng mashinada toʻxtash joyidan qochib ketgan.

Politsiya vakilining aytishicha, voqea joyiga etib kelgan ofitserlar jabrlanuvchini avtoturargohda boshi, koʻkragi va tanasidan oʻq jarohatlari bilan jonsiz yotgan holda yotganini koʻrishgan. U kasalxonada vafot etgani maʻʻlum qilingan.

Hozircha gumondor qoʻlga olinmagan, qotillik sababi ham nomaʻʻlum. Jabrlanuvchi bilan birga boʻlgan odam jabrlanmagan, dedi Small. Jabrlanuvchining ismi oshkor etilmagan.

Politsiya guvohlar bilan suhbatlashib, boshqa kuzatuv kameralari tasvirlarini oʻrganmoqda.

Mavzuga aloqador