22.03.2025 19:25
359

AQShda 4 davlatdan kelgan migrantlarning huquqiy maqomi bekor qilinadi

AQShga Kuba, Gaiti, Nikaragua va Venesueladan maxsus viza dasturi asosida kelgan migrantlar huquqiy maqomidan mahrum qilinadi, deya habar qilmoqda Anadolu aguntligi.  

AQShning rasmiy hujjatlarida (US Official Gazette) eъlon qilingan loyihaga koʻra, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) ushbu toʻrt davlatdan kelgan migrantlarga nisbatan qaror qabul qilgan.  

Hujjatga muvofiq, AQSh hududida boʻlgan asli Kuba, Gaiti, Nikaragua va Venesuela fuqarosi boʻlgan shaxslar oʻz huquqiy maqomidan ayriladi.  

Mazkur qarorning yakuniy varianti 25 mart kuni eъlon qilinishi kutilmoqda. Ushbu qaror 532 ming migratga taъsir koʻrsatishi mumkin.  

Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda kuchga kirgan ushbu dastur doirasida AQShda “homiylari” boʻlgan migrantlarga gumanitar sabablarga koʻra ikki yil davomida mamlakatda yashash va ishlash huquqi berilgan edi.

Mavzuga aloqador