09.12.2024 14:15
495
Tramp Kongress bosqinida jazolanganlar boʻyicha chora koʻrmoqchi
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp 2021 yil 6 yanvarda Kongress bosqinida jazolanganlar boʻyicha “birinchi kuni” juda tez chora koʻrishini maʻʻlum qildi. Bosqinda ayblanganlar agar radikal yoki aqldan ozgan boʻlsa, istisnolar boʻlishi mumkin.
2021 yil 6 yanvarʻ kuni AQShdagi oʻta oʻng guruhlar va sobiq AQSh prezidenti Tramp tarafdorlari 2020 yil 3 noyabrdagi saylov natijalarini tasdiqlash uchun sessiya boʻlib oʻtgan Kongress binosiga bostirib kirishgandi. Bosqin katta reaktsiyaga sabab boʻlgan.
6 yanvarʻ kungi Kongress bosqinida aybdor deb topilgan shaxslarga diqqat qaratgan Tramp ulardan baʻʻzilari yillar davomida qamoqda oʻtirganini aytdi. Bu haqda NBC News nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosqinda ayblanganlar agar radikal yoki aqldan ozgan boʻlsa, istisnolar boʻlishi mumkin.
AQShdagi tartibsiz muhojirlar bilan bogʻliq vaziyat haqida toʻxtalgan Tramp buni tugatish kerakligini aytdi.
Uning taʻʻkidlashicha, tugʻilish orqali olingan fuqarolik huquqi ham bekor qilinadi. Bu huquq faqat farzandlar uchun amal qilishini bildirdi.
“Bolalar qonuniy maqomga ega boʻlsa-yu, ota-onalar noqonuniy maqomga ega boʻlsa, men oilalarni ajratishni xohlamayman. Shuning uchun oilalarni birlashtirish uchun butun oilani qaytarib yuborish kerak", dedi u.
Noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga alohida toʻxtalgan Tramp: "Jinoyatchilarni mamlakatdan olib tashlashimiz kerak" dedi.