24.04.2025 12:52
373

AQSh Yaman hududiga olti marta zarba berdi

AQSh harbiy-havo kuchlari Yaman shimolidagi Saada viloyatida joylashgan turar-joy hududlariga olti marta aviazarba berdi. Bu haqda “Ansor Alloh” harakatiga qarashli “Al-Masira” telekanali xabar bermoqda.


Maъlumotlarga koʻra, zarbalar ayniqsa Saadaning Sahlayn tumanidagi Al-Salim aholi punkti hududini nishonga olgan. Ayni vaqtda hujumlar oqibatida halok boʻlganlar va jarohat olganlar soni haqida maъlumot berilmagan.


Eslatib oʻtamiz, 7 mart kuni Husiylar isroilga Gʻazo sektoriga gumanitar yordam etkazilishini toʻsmaslik uchun toʻrt kunlik muhlat bergan edi. Aks holda, ular yana dengizdagi harbiy harakatlarini boshlashini maъlum qilgan.


Oradan koʻp oʻtmay, 15 mart kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp oʻzining Truth ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Husiylarga qarshi “keng koʻlamli harbiy amaliyot” boshlash haqida AQSh qurolli kuchlariga buyruq berganini eъlon qildi.


Bunga javoban harakat etakchisi Abdulmalik al-Husiy AQSh harbiy samolyotlari va harbiy kemalari yamanliklar uchun qonuniy nishonga aylanishini bildirgan.


Shundan soʻng, AQSh tomonidan Yaman hududiga mingdan ortiq aviazarbalar uyushtirilgan. Oqibatda kamida 217 kishi halok boʻlgan, ularning aksariyati ayollar va bolalar boʻlgan. Yana 436 nafar yamanlik jarohatlangan.

Mavzuga aloqador