Yaman mudofaa vaziri Saudiya Arabistoniga keskin tahdid qildi
Yaman Mudofaa vaziri Muhammad Nosir al-Atifiy Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi keskin bayonot berib, urush xavfi haqida ogohlantirdi. Uning soʻzlariga koʻra, mojaro faqat Yamanning hududida cheklanib qolmaydi va keng koʻlamli harbiy toʻqnashuvga aylanib ketishi mumkin.
“Biz jangni Saudiya Arabistoni va BAA yuragiga olib boramiz. Bu urush faqat Yamanda cheklanmaydi”, dedi al-Atifiy. U, shuningdek, agar bu davlatlar Yamanning ichki ishlariga aralashishda davom etsa va xusiylarning harbiy harakatlariga toʻsqinlik qilsa, ogʻir oqibatlar yuzaga kelishini taъkidladi.
Yaman harbiy vaziri mintaqadagi muhim infratuzilma obektlariga, jumladan, energetika sektori va suv taъminoti tizimlariga zarba berish bilan tahdid qilib, bu urush global miqyosda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.
“Biz mintaqadagi barcha muhim obektlarni yoʻq qilamiz. Kelayotgan kunlar syurprizlarga boy boʻladi. Biz Aramco zavodlari va shoʻr suvni chuchuklashtirish inshootlarini nishonga olamiz. Saudiya monarxiyasi jiddiy yoʻqotishlarga duch keladi, jahon neft taъminoti esa izdan chiqadi”, deya ogohlantirdi al-Atifiy.