17.04.2025 14:33
50
Yaman Suriyada oʻz elchixonasini ochadi
Yaman tashqi ishlar vaziri Shayъa az-Zindoniy mamlakatning Damashqdagi elchixonasini ochishga tayyorgarlik ishlari yakunlanganini maъlum qildi. Bu haqda Sana nashri xabar berdi.
U “Okaz” gazetasiga bergan intervьyusida Suriyaning tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazganini taъkidlagan.
Erishilgan kelishuvlarga koʻra, Yaman delegatsiyasi 21-23 aprel kunlari Damashqda boʻladi.
Delegatsiya elchixona binosini oʻz nazoratiga oladi va rasmiy faoliyatini tiklashni boshlaydi, deyiladi xabar matnida.