AQSh va Rossiya urush boshlanganidan beri ilk bor muzokara oʻtkazdi. Ar-Riyoddagi uchrashuv haqida nimalar maъlum?
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon ilk bor AQSh va Rossiya oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Putin yordamchisi Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, salkam besh soat davom etgan muzokaralar “yomon boʻlmagan”: delegatsiyalar “barcha masalalar boʻyicha jiddiy suhbatlashgan”. Muzokaralar boʻyicha nimalar maъlum?
Rossiya va AQSh
delegatsiyalari
Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta Saudiya
Arabistonida Rossiya va AQShning yuqori martabali rasmiylari oʻrtasida rasmiy
muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar rasmiy bayonotlaridan kelib chiqadigan boʻlsak,
uchrashuvning asosiy natijalaridan biri diplomatik vakolatxonalar faoliyatini
toʻlaqonli qayta tiklash toʻgʻrisidagi kelishuv boʻldi.
Yigʻilishda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
va prezidentning xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etdi.
Amerika tomonidan esa AQSh
davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri) Marko
Rubio, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Mayk Uolz va Yaqin Sharq boʻyicha maxsus
elchi Stiv Vitkoff ishtirok etdi.
Shuningdek, Ar-Riyodda amerikalik Mark Vogelni ozod qilish
boʻyicha muzokaralarda ishtirok etgan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar
jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriev ham bor, biroq u Diriya saroyidagi
muzokaralar stolida oʻtirmagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir kun
avval uchrashuv “birinchi navbatda Rossiya-Amerika munosabatlarining butun
majmuasini tiklash, shuningdek, Ukraina masalasini hal qilish boʻyicha ehtimoliy muzokaralarga
tayyorgarlik koʻrish va ikki prezident oʻrtasidagi uchrashuvni tashkil etishga
bagʻishlanishi”ni aytgandi.
Uchrashuvga Kievdan vakillar taklif qilinmadi. Vashingtonda
taъkidlanganidek, Ukraina bilan muzokaralar boshqa bosqichda boʻlib oʻtadi. Reuters agentligi manbalariga
koʻra, AQSh prezidentining Ukraina boʻyicha maxsus vakili Keyt Kellog Kievga joʻnab
ketgan.
Vladimir Zelenskiyning taъkidlashicha, Ukraina Rossiya va AQSh
oʻrtasida Saudiya Arabistonida Kiev vakillari ishtirokisiz erishilgan hech qanday
kelishuvni tan olmaydi.
Zelenskiyning oʻzi Saudiya Arabistoniga 19 fevralь, chorshanba
kuni kelishi kerak edi. Ukraina prezidentining taъkidlashicha, tashrif Yaqin Sharqqa
safari doirasida ancha oldin rejalashtirilgan (dushanba kuni Birlashgan Arab Amirliklariga
tashrif buyurgan) hamda amerikaliklar va ruslarning Ar-Riyoddagi uchrashuviga toʻgʻri
kelgan.
Biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan qoʻshma matbuot anjumani chogʻida Zelenskiy Saudiya
Arabistoniga tashrifini 10 martgacha qoldirganini aytdi.
"Mashaqqatli yoʻldagi birinchi qadam"
Putin
yordamchisi Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, salkam besh soat davom etgan
muzokaralar “yomon boʻlmagan”: delegatsiyalar “barcha masalalar boʻyicha jiddiy
suhbatlashgan”.
Ushakov,
shuningdek, AQSh va Rossiya muzokarachilarining “alohida guruhlari” Ukraina boʻyicha
“oʻz vaqtida” aloqalarni boshlashini maъlum qildi, biroq aniq qachon boʻlishini
aytmadi. Putin va Tramp oʻrtasidagi uchrashuvning aniq sanasi ham nomaъlum, biroq
unga tayyorgarlik koʻrish delegatsiyalar uchrashuvida muhokama qilingan, dedi Ushakov.
Bloomberg
agentligi uning uchrashuv kelasi hafta boʻlishi mumkinligi haqidagi hisobotini
sharhlar ekan, "Bu dargumon" degan soʻzni qoʻshib ketdi.
Davlat
departamenti, oʻz navbatida, Lavrov va Rubio “ikki tomonlama munosabatlarimizda
bezovta qiluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha maslahatlashuv mexanizmini
yaratishga” va Ukraina masalasini hal qilish boʻyicha ishlarni boshlash uchun yuqori
darajali guruhlarni tayinlashga kelishib olganini maъlum qildi.
Bundan
tashqari, ular iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda, shuningdek, umumiy geosiyosiy
manfaatlarga ega boʻlgan masalalar boʻyicha kelgusi hamkorlik toʻgʻrisida kelishib
oldilar, dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus.
Rubioning
oʻzi muzokaralar yakunida Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun ishlash “yopiq
eshiklar ortida qiyin va shiddatli diplomatiya”ni talab qilishini, ammo yakuniy
kelishuv shartlari barcha tomonlar, jumladan Ukraina, Rossiya va “Evropadagi
sheriklar” uchun «maqbul» boʻlishi kerakligini aytdi.
Stiv
Vitkoffning aniqlik kiritishicha, evropaliklar Rossiyaga qarshi sanktsiyalar
kiritganlari uchun “bir nuqtada” muzokaralar stoliga oʻtirishlari kerak.
AQSh prezidentining
milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uolz, oʻz navbatida, Tramp
Ukrainadagi mojaroga "avval koʻrganimizdek" vaqtinchalik emas, balki
butunlay barham berilishini istashini va bunga erishish uchun "juda tez harakat
qilishga" qatъiy qaror qilganini aytdi.
"Bugun
uzoq va qiyin, ammo muhim yoʻlning birinchi qadamidir", dedi AQSh davlat
kotibi.
Rubio Associated
Press agentligiga bergan intervьyusida, shuningdek, AQSh va Rossiya Vashington va
Moskvadagi elchixonalarda avvalgi xodimlar sonini tiklashga kelishib olganini
aytdi.
Rossiya
tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokaralar natijalarini oxirgi boʻlib
izohladi. “Birinchi va eng dolzarb narsa, - dedi Lavrov, - tomonlar diplomatik
vakolatxonalarning odatiy faoliyatini tiklashga kelishib oldilar: imkon qadar
tezroq elchilarni tayinlash, shuningdek, “diplomatik missiyalar yoʻlida koʻp
yillardan buyon toʻsiqlarni olib tashlash, ularning faoliyatini qiyinlashtirib
qoʻyish”.
Qayd etish
joizki, eng koʻp rossiyalik diplomatlar AQShdan koʻpincha Tramp davrida, uning
birinchi prezidentlik davrida chiqarib yuborilgan. Diplomatik xodimlar sonini eng
katta qisqartirish tashabbusi Putinga tegishli - 2017 yilda Moskva amerikalik
diplomatlar va Rossiyadagi diplomatik muassasalar xodimlari sonini 755 kishiga,
455 nafarga qisqartirdi. Vladimir Putin oʻshanda bu Vashington uchun «sezgir»
boʻlishini aytgan edi.
Lavrov,
shuningdek, tomonlar Ukraina kelishuvi boʻyicha ishni boshlashga kelishib olganini
tasdiqladi. “Biz [bu jarayonda] AQSh vakil etib tayinlanganini bilishimiz bilanoq,
darhol «ishtirokchimiz»ni belgilaymiz”, — deya aniqlik kiritdi u.
Bundan tashqari, Lavrovning taъkidlashicha, delegatsiyalar “hamkorligimiz toʻliq tiklanishi va keng yoʻnalishlarda kengayishi uchun shart-sharoit yaratish”, jumladan, dunyoning turli hududlaridagi mojarolar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish, shuningdek, “oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik yoʻlidagi sunъiy toʻsiqlarni olib tashlash”ga kelishib oldilar.
Lavrov
jurnalistlarga uchrashuvdan keyin Amerika tomoni Moskva pozitsiyasini yaxshiroq
tushuna boshlaganini taъkidlagan.
Ayni
paytda, Fox News telekanali “koʻplab diplomatik manbalarga” tayanib, Rossiya va
Qoʻshma Shtatlar Ukrainadagi urushni tugatish rejasini muhokama qilmoqda, bu reja uch
bosqichni oʻz ichiga oladi: oʻt ochishni toʻxtatish, Ukrainada saylovlar oʻtkazish, keyin
esa tinchlik shartnomasini imzolash.
Rossiya va
Qoʻshma Shtatlar Ukrainadagi saylovlarni “kelishuv jarayoni muvaffaqiyatining kaliti”
deb hisoblaydi, dedi Fox News manbalari.
“Putin
qoʻgʻirchoq prezident saylanish ehtimolini ancha yuqori deb baholamoqda, shuningdek,
Ukrainaning amaldagi prezidentidan boshqa har qanday nomzod yanada moslashuvchan
hamda muzokaralar va yon berishlarga tayyor boʻlishiga ishonch bildirmoqda”, — dedi
telekanal manbalaridan biri.