09.10.2025 10:48
27
AQSh va Britaniya bosqinchi isroilga qurol berish boʻyicha rekordni "urdi"
2025 yilda AQSh va Britaniya bosqinchi isroilga rekord miqdordagi qurol-yarogʻ sotdi. Inglizlarning 4-kanaliga koʻra, yilning 9 oyida Londondan Tel-Avivga qurol eksporti hajmi 1 million funt sterlingga etgan. Bu oʻzaro savdo tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir, deb xabar beradi telekanal.
Britaniya va isroil hukumatlarining rasmiy maъlumotlariga koʻra, qurol-yarogʻ etkazib berish ketma-ket uchinchi yil oʻsib bormoqda va har yili ikki baravar koʻpaymoqda. Birgina shu yilning iyunь oyida Tel-Aviv Londondan 400 ming funt sterlingga qurol sotib olgan – bu 2022 yil yanvaridan beri eng yuqori koʻrsatkich. Eksportning muhim qismini bombalar, granatalar, torpedalar, raketalar va oʻq-dorilar tashkil etadi.
Ajablanarlisi, shuncha faktlarga qaramay qirollik "eksport qoidalariga qatъiy rioya qilishi" va sionistlarga Gʻazo sektori yoki Gʻarbiy Sohilda jang qilish uchun moʻljallangan qurollarni sotmasligini uyalmay daъvo qilib kelmoqda.
AQSh ham isroilga qurol eksportini yildan-yilga oshirib boryapti. Sentyabrь oyida Tramp maъmuriyati Kongressga sion-fashistlarga 6 milliard dollarlik qurol-yarogʻ etkazib berishni moʻljallayotgani haqida maъlum qilgan edi. AFP maъlumotlariga koʻra, bu mablagʻning 3,8 milliard dollari 30 ta "Apache" vertolyotiga va 1,9 milliard dollari 3200 ta piyoda jangovar texnikasiga toʻgʻri keladi. isroilning Gʻazo sektoriga agressiyasi boshlanganidan beri AQSh Tel-Avivni qoʻllab-quvvatlash uchun 21,7 milliard dollarlik qurol-yarogʻ eksport qildi.