04.06.2025 11:21
80

AQSh Suriyadagi harbiy bazalarini yopadi



AQSh Suriyada mavjudligini bosqichma-bosqich qisqartirib, u erda faqat bitta harbiy bazani qoldiradi. 

AQShning Anqaradagi elchisi Tom Barrakning maъlum qilishicha, Suriyadagi sakkiz harbiy bazadan ettitasi, jumladan, sharqdagi Deyr az-Zor viloyatidagi bazalar yopiladi. Faoliyat faqat shimoli-sharqdagi Hasaka viloyatida davom etadi. AQSh harbiy texnikasi va askarlarini allaqachon boshqa joyga koʻchirishni boshlagan.

Amerika Suriyadagi harbiylari sonini ham qisqartirishni rejalashtirgan. Hozirda mamlakatda taxminan ikki ming nafar amerikalik askar bor. Kontingent qisqarishiga IShIDga qarshi kurashda soʻnggi oʻn yil ichida erishilgan “sezilarli muvaffaqiyatlar” sabab qilib koʻrsatilgan.

Maъlumot uchun, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 2014 yilda Suriyada IShIDga qarshi kurash boshlagandi.

Mavzuga aloqador