05.09.2024 09:31

AQSh maktabidagi otishma: toʻrt kishi halok boʻldi

AQShning Jorjiya shtatida 14 yoshli oʻquvchi maktabda otishma sodir etdi. Natijada toʻrt kishi – ikki oʻquvchi va ikki oʻqituvchi halok boʻldi, 30 ga yaqin kishi jarohatlandi. Qoʻlga olingan oʻsmir oʻtgan yili maktabda otishma sodir etilishi haqida tahdidli anonim xabar yuborgani uchun soʻroq qilingan.

Politsiya jinoyatchini qoʻlga olishga muvaffaq boʻldi. Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning dastlabki maʻʻlumotlariga koʻra, u 14 yoshli oʻsmir boʻlib chiqdi.

AQShning Jorjiya shtatidagi Apalachee oʻrta maktabi oʻquvchisi oʻt ochdi, natijada 4 kishi halok boʻldi, 30 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Oʻlgan toʻrt nafardan ikki nafari maktab oʻquvchisi, ikki nafari esa oʻqituvchi boʻlgan.

CNN manbalariga koʻra, qurbonlar soni 30 kishigacha boʻlishi mumkin, ammo ularning qanchasi oʻqdan jarohat olgani nomaʻʻlum. Kasalxonaga yotqizilgan oʻquvchilar va bir oʻqituvchining tirik qolishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni kechqurun oʻlimga olib kelgan ommaviy otishmada gumon qilingan 14 yoshli yigit qoʻlga olindi, dedi Jorjiya tergov byurosi direktori Kris Xosi kechki matbuot anjumanida.

Kolt Grey Apalachi oʻrta maktabida ikki oʻqituvchi va ikki oʻquvchining qotilligida ayblanadi, dedi rasmiylar.

Oʻtgan yili xuddi shu oʻquvchi politsiya tomonidan anonim xabarlar boʻyicha soʻroq qilingan. Oʻsha soʻroq vaqtida oʻquvchi oʻz aybini tan olgan.

Federal qidiruv byurosi bayonotida aytilishicha, 2023 yil may oyida FQB maktabda otishma tahdidi haqida onlayn anonim xat olgan.

Doʻq-poʻpisali xabarda otishmaning qaerda va qachon sodir boʻlishi aytilmagan, biroq 24 soat ichida FQB muallif kim boʻlishi mumkinligini aniqlagan va mahalliy politsiya Kolt Grey va uning otasi bilan gaplashgan.

Ota, FQB bayonotiga koʻra, uning ov quroli borligiga, ammo oʻgʻli unga nazoratsiz tegish huquqiga ega emasligiga ishontirgan.

AQSh Oʻqotar qurollar ishtirokidagi zoʻravonliklar arxivi maʻʻlumotlariga koʻra, birgina 4 sentyabrning oʻzida mamlakat miqyosida 46 ta qurol ishtirokidagi jinoyat sodir etildi. Otishmalarda jami 12 kishi halok boʻlgan, 44 kishi jarohatlangan. 

Mavzuga aloqador