12.06.2025 11:01
158
AQSh Iroqdan ketmoqda – bu katta urushdan darakmi?
AQSh Bagʻdoddagi elchixonasi xodimlari va ularning oila aъzolarini Eron bilan bogʻliq tahlikalar kuchaygani sababli evakuatsiya qilmoqda. Gʻarb nashrlarining yozishicha, isroil AQShni Eron yadroviy inshootlariga zarba berishga tayyorligi haqida rasman xabardor qilgan.
Qayd etilishicha, "yadroviy urush bugunoq boshlanishi mumkin". Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi AQSh va Eron oʻrtasidagi yadroviy dastur boʻyicha muzokaralarning muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan bogʻliq.
AQSh rasmiylari esa evakuatsiyaga aynan nima sabab boʻlganini ochiqlamagan. Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda bu kabi xabarlarga oʻz munosabatini bildirib, mamlakatga hujum qilinsa, Tehron Amerikaning mintaqadagi harbiy bazalariga zarba berishini maъlum qildi.