08.07.2025 17:15
31

AQSh HTShni terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi



AQSh 8 iyulь kuni Suriyaning “Hayъat Tahrir ash-Shom” (HTSh) guruhini xorijiy terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarishini maъlum qildi. 

Guruh Suriyada 54 yil hukmronlik qilgan Asad rejimini agʻdarib tashlagan isyonchilarga boshchilik qilgan. Uning rahbari Ahmad Ash-Sharъ esa endi mamlakatning vaqtinchalik prezidenti hisoblanadi. HTSh, shuningdek, “Al-Nusra fronti” nomi bilan ham tanilgan. U 2016 yilda Ash-Sharъ aloqalarni uzgunga qadar “Al-Qoida”ning Suriyadagi filiali boʻlgan.

Maъlumot uchun, soʻnggi oylarda Gʻarb davlatlari ogʻir sanktsiyalarga uchragan Suriya bilan munosabatlarni tiklashga intilmoqda. Iyunь oyi oxirida AQSh prezidenti Donalьd Tramp mamlakatga qarshi sanktsiyalarini rasman tugatish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi.

Mavzuga aloqador