07.05.2025 13:03
139
AQSh Falastindagi genotsidga sherik – kongressmen
AQSh Vakillar palatasining Demokratik partiyadan aъzosi Rashida Tlaib Qoʻshma Shtatlarni genotsidga sheriklikda aybladi.
X ijtimoiy tarmogʻida chop etilgan bayonotida Tlaib Isroil hukumatining qaroriga keskin munosabat bildirgan.
Uning yozishicha, isroil 64 kundan beri insonparvarlik yordamining Gʻazoga kirishiga toʻsqinlik qilmoqda. Urush jinoyatchisi Binyamin Netanyaxu butun Falastin aholisini majburan chiqarib yuborish, etnik tozalash, Gʻazoni butunlay vayron qilish va uni anneksiya qilishni nazarda tutuvchi rejasini yashirmayapti.
Tlaibning soʻzlariga koʻra, Isroil boshidanoq bu yoʻlni tanlagan. Qoʻshma Shtatlar esa bu genotsidda unga sherikdir.
Avvalroq Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Gʻazo sektoridagi «hududlarni toʻliq bosib olish» va ular ustidan «barqaror nazorat» oʻrnatishni nazarda tutuvchi “Hamas tashkilotini yoʻq qilish» boʻyicha operativ rejani tasdiqlagandi.