05.02.2025 13:11
522

AQSh BMT Inson huquqlari kengashi va UNRWA tarkibidan chiqdi



Donald Tramp Qoʻshma Shtatlarni BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ishlari agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqarish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 4 fevral, seshanba kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Trampning farmoni AQShning BMTning Taʻʻlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO)dagi ishtirokini qayta koʻrib chiqishni ham nazarda tutadi. 

«Men doimo Birlashgan Millatlar Tashkilotining katta salohiyatga ega ekanligini his qilganman. Ammo hozir u bu salohiyatga mos kelmayapti, degan Donald Tramp hujjatni imzolar ekan. 

Maʻʻlumot uchun, Isroil 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblaganidan soʻng, Jo Bayden davrida AQShning UNRWA'ni moliyalashtirishi 2024 yil yanvarida toʻxtatilgan edi. 

Ilgari Qoʻshma Shtatlar UNRWA'ning eng yirik donori boʻlib, har yili 300-400 million dollar ajratgan.

Mavzuga aloqador