24.09.2025 17:55
167

AP: Eron raketa obъektlarini qayta tiklashni boshladi


 

Associated Press nashrining yangi sunъiy yoʻldosh tasvirlari tahliliga tayanib yozishicha, Eron isroil bilan boʻlgan 12 kunlik urush davomida zarar koʻrgan qator raketa ishlab chiqarish obъektlarini qayta tiklashni boshladi.

 

Bosqinchi isroil bilan urush qayta boshlanishi mumkin boʻlgan bir sharoitda fors davlati uchun raketa dasturini qayta tiklash hayotiy ahamiyatga ega, deyiladi xabarda. Chunki raketalar mamlakat uchun eng asosiy tiyib turish vositasi hisoblanadi.

 

Tehronning asosiy maqsadlaridan biri raketa yoqilgʻisining tarkibiy qismlarini barobar aralashtirish uchun zarur uskunalarni qoʻlga kiritish. Mutaxassislarning fikricha, Eron BMT sanktsiyalari qayta tiklanishidan oldin bu uskunalarni Xitoydan xarid qilishga urinshi mumkin.

Eronning asosiy raketa obъektlari Tehron yaqinidagi Xojir, Parchin, shuningdek poytaxtdan taxminan 350 km shimoli-sharqda joylashgan Shahrudda joylashgan. Planet Labs PBC sunъiy yoʻldosh suratlarida ham Parchin, ham Shahrud obъektlarida qurilish ishlari olib borilayotgani koʻrsatilgan.

 

 

Mavzuga aloqador