19.06.2025 10:34
97
Amerikaliklar Gʻarb OAV lariga ortiq ishonmaydi
AQSh fuqarolari dunyoda boʻlayotgan voqealardan xabardor boʻlish uchun koʻproq podkastchilar yoki chatbotlarga murojaat qilmoqda.
Tramp inauguratsiyasidan keyin har besh amerikalikdan biri yangiliklarni televidenie yoki yangilik saytlaridan emas, balki podkastchilardan olgan. Bu sunъiy idrok va ijtimoiy media tobora ommalashib borayotganidan darak beradi.
Reuters institutining hisobotida keltirilishicha, amerikaliklar voqealar haqida anъanaviy axborot vositalaridan koʻra ijtimoiy media, video platformalar va podkastlardan maъlumot izlamoqda. Tarixda birinchi marta aksar amerikaliklar oʻz yangiliklarini televizor yoki yangilik saytlari hamda ilovalar orqali emas, balki ijtimoiy tarmoqlardan olishini aytgan.
Bu, ayniqsa, yoshlar orasida koʻp kuzatilgan: 35 yoshgaça boʻlgan amerikaliklarning yarmidan koʻpi ijtimoiy tarmoqlar ular uchun asosiy yangiliklar manbai ekanini maъlum qilgan.
48 shtatdan 100 mingga yaqin odam ishtirok etgan soʻrovnoma natijasiga koʻra, yanvarь oyida Tramp inauguratsiyasidan keyingi bir hafta ichida har beshinchi amerikalik podkastchi Jo Roganning yangiliklari yoki sharhlarini kuzatgan. Soʻrovnomada ishtirok etgan 14 foiz amerikaliklar Taker Karlsonni tinglashini aytgan. Shuningdek, mashhur siyosiy sharhlovchilar roʻyxatida Kandas Ouens, Ben Shapiro va chap qanot bloggerlar Devid Pakman va Brayan Tayler Koen ham bor.
Amerikaliklarning 70% dan ortigʻi oʻzining yangiliklarda haqiqatni yolgʻondan ajrata olish qobiliyatiga shubha bildirgan.
Sunъiy intellekt ham amerikaliklar hayotida tobora muhim rolь oʻynamoqda. Soʻrovda qatnashgan 25 yoshgacha boʻlganlarning 15 foizi har hafta yangiliklar olish uchun sunъiy intellekt botlaridan foydalanishini tan olgan.
Xulosa qilib aytganda AQShda anъanaviy ommaviy axborot vositalariga boʻlgan ishonch pasayib boryapti: ularning auditoriyasi qarib, yoshlar tobora koʻproq YouTube, X (sobiq tvitter) va podkastlarni tanlashmoqda.