12.01.2024 17:44

"Amerika Konstitutsiyasining buzilishi": kongressmenlar Baydenning Yamanga hujum qarorini tanqid qildi

AQSh prezidenti Jo Baydenning Yamandagi husiylar harbiy obʻʻektlarini nishonga olishga ruxsat bergani Demokratik partiya aʻʻzolarining tanqidlariga sabab boʻldi. U “Kongress roziligisiz Yamanga havo hujumlari uyushtirish” orqali AQSh Konstitutsiyasining 1-moddasini buzganlikda ayblanmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden juma kuni tongda Qoʻshma Shtatlar va Britaniya tomonidan Yamandagi “Ansorulloh” (husiylar) harakatiga tegishli harbiy obʻʻektlarga havo hujumlarini boshlashga ruxsat bergani ortidan Demokratik partiya aʻʻzolari tanqidlariga uchradi. Bu haqda AQShning “Blumberg” agentligi xabar bermoqda.

Jumadan, Demokratik partiya vakili Rashida Tlayb Baydenni “Kongress roziligisiz Yamanga havo hujumlari uyushtirish” orqali AQSh Konstitutsiyasining 1-moddasini buzganlikda aybladi.

Tlayb X platformasida Baydenning qarorini qoralar ekan, “Amerika xalqi cheksiz urushdan charchagan”, deb yozdi.

Boshqa bir Demokratik partiya vakili Mark Pokan esa AQSh "Kongress ruxsatisiz oʻnlab yillar davom etadigan yana bir mojaroga qoʻshila olmaydi", deb hisobladi.

Shunga oʻxshash pozitsiyada Demokratik vakil Pramila Jaypal Baydenning harakatini “Konstitutsiyani qabul qilib boʻlmas buzilish” deb atadi, vakil Summer Li esa prezident AQSh hujum qilishni boshlash va boshqa bir mojaroga kirishishdan avval Kongressga kelishi kerakligini taʻʻkidladi.

"Amerikaliklar soliq dollarlari bilan bu cheksiz urushlarni moliyalashtirishni xohlamaydilar", - deya qoʻshimcha qildi u.

Demokratik vakil Kori Bush ham Amerika xalqi soliq toʻlovchilarning pullari cheksiz urushlarga ketishini xohlamasligini tilga oldi.

Oʻz navbatida, AQSh Demokratik partiyasi vakili Ro Xanna shunday dedi: “Prezident Yamanga hujum qilish va bizni Yaqin Sharqdagi yana bir mojaroga tortishdan oldin Kongressga kelishi kerak; aynan shu Konstitutsiyaning 1-moddasida nazarda tutilgan”.

AQSh vakili Valeri Xauell ham bu fikrga urgʻu berib, “har bir prezident avvalo Kongressga kelishi va qaysi partiyaga mansub boʻlishidan qatʻʻi nazar, harbiy ruxsat soʻrashi kerak”, - deya taʻʻkidladi.

Barbara Liga esa "mintaqadagi qirgʻin keltiruvchi, qimmat va halokatli zoʻravonliklarning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun hoziroq Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga" chaqirdi va: "Shuning uchun (Gʻazoda) ertaroq oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdim. Shuning uchun Iroqda urush davom etishiga qarshi ovoz berdim”, - deya qoʻshimcha qildi.

Respublikachilardan ham Baydenning ushbu qarorini qoralaganlar boʻldi. Kongress senatori Rend Pol AQSh prezidentini “yana konstitutsiyaviy vakolatsiz ish tutganlikda” ayblab, Kongress “bunday harbiy harakatlarni oʻtkazishga faqat vakolatli yagona organ” ekanini taʻʻkidladi.

Ayni paytda namoyishchilar Oq uy qarshisida AQShning Yamanni bombardimon qilganini qoralab norozilik namoyishi oʻtkazmoqda.

Nʻyu-Yorkdagi “Tayms” maydonida urushga qarshi namoyishchilar esa AQShning Yaqin Sharqdan chiqib ketishini talab qilib, "Falastindan Yamangacha imperializm, bu - jinoyat" degan shiorlarni takrorlashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, juma kuni tongda AQSh va Britaniya Yaman poytaxti Sana, shuningdek, bir qancha viloyatlarga qarshi harbiy tajovuzni boshladi. Hujumlar natijida kamida 5 nafar husiy askari halok boʻldi, 6 nafari jarohatlandi.

Oq uy bayonotida aytilishicha, hujumlarda AQSh va Britaniyadan tashqari 10 ta davlat, xususan Avstraliya, Bahrayn, Kanada, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya ham ishtirok etgan. 

Mavzuga aloqador