06.10.2025 17:32
117

Amerika “Bogʻi orom”ni faqat tushida koʻradi – “Tolibon”


Afgʻoniston hukumati Amerika Qoʻshma Shtatlariga Bogʻi orom (Bagram) harbiy havo bazasini — natija qanday boʻlishidan qatъi nazar — hech qachon topshirmasligini maъlum qildi. Bu haqda Tolibon” soʻzchisi Zabihulloh Mujohid Sky News telekanaliga bergan eksklyuziv suhbatida aytib oʻtdi.


“Afgʻon xalqi hech qanday sharoitda oʻz zaminini boshqalar qoʻliga bermaydi. Biz uchun ozodlik — shon va sharaf masalasi. Agar tanlashga toʻgʻri kelsa, boshqa davlatlarga qaram boʻlib yashashdan koʻra, shaъn bilan oʻlishni afzal koʻramiz”, degan Mujohid.

Uning soʻzlariga koʻra, Kobul va Vashington oʻrtasida ikki mamlakat elchixonalarini qayta ochish masalasida muzokaralar boʻlib oʻtgan.

“Biz bu masala boʻyicha gaplashdik: Kobul hamda Vashingtonda elchixonalar faoliyatining qayta ochilishini xohlaymiz” deb qoʻshimcha qilgan Tolibon vakili.

Mavzuga aloqador