19.05.2025 14:56
156
Amaldorlar uchun shohona taom, sigaret va spirtli ichimliklar taqiqlanmoqda, Xitoyda
Xitoy Davlat Kengashi tomonidan eъlon qilingan yangi yoʻriqnomaga koʻra, davlat amaldorlari va partiya aъzolariga xizmat doirasida kamyob va qimmatbaho taomlar (delikates), sigaret va alkogol mahsulotlarini isteъmol qilish qatъiyan man etildi.
Shuningdek, ularning xorijiy xizmat safarlarida katta xarajatlar qilishi, aeroportlarda mehmonlarni tantanali kuzatishi, konferentsiyalarda hashamatli bezaklardan foydalanishi va pullarni ortiqcha sarflashi taqiqlanyapti.
Bundan tashqari ularning xorijiy safarlar mobaynida qimor oʻyinlarida qatnashishi, katta ziyofatlar uyushtirishi ham cheklanadi.
Davlat OAVlari bu qarorni "isrofgarchilikka qarshi kurash va tejamkorlik madaniyatini rivojlantirish" deb atamoqda.
Tahlilchilar esa buni Xitoy hozirda katta iqtisodiy bosim ostidaligi, AQSh bilan davom etayotgan savdo urushi va ichki iqtisodiy oʻsishning sekinlashuviga bogʻlayapti. Shuning uchun hukumat rasmiylardan "tejamkor hayot" kechirishni talab qilmoqda.