27.06.2025 11:04
56

Ahmad ash-Sharъaga suiqasdning oldi olindi



Suriya va Turkiyaning qoʻshma amaliyoti natijasida Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъaga nisbatan rejalashtirilgan eng yirik suiqasdning oldi olindi.

Razvedka maъlumotlariga koʻra, Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъani oʻldirishga qaratilgan suiqasd IShIDning yuqori lavozimdagi aъzosi tomonidan tashkillashtirilgan. U, avvalroq, Asad rejimi qulagan davrda Livanning "Hizbulloh" tashkiloti bilan yaqin aloqada boʻlgani aytilmoqda.

Suiqasd Darъa viloyatida amalga oshirilishi kerak edi.

Suriya va Turkiya terrorizmga qarshi kuchlarining qoʻshma amaliyoti natijasida bu reja fosh qilingan.

 Barcha jangarilar, shu jumladan guruh boshligʻi ham qoʻlga olingani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador