24.09.2025 14:06
210

Ahmad ash-Sharъ Nьyu-Yorkda EI etakchilari bilan uchrashdi



Kecha, 23 sentyabrь kuni Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ Evropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Evropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar oʻtkazdi. 

Bayonotda EI rasmiylari uchrashuvni ijobiy baholab, asosiy eъtibor Suriyaning oʻtish davridagi muammolariga qaratilganini bildirgan. Ular Evropa Ittifoqining “chinakam, inklyuziv, tinch va suriyaliklarning oʻzlari boshchilik qiladigan, zararli tashqi aralashuvlardan xoli oʻtish jarayoniga” boʻlgan qoʻllab-quvvatlashini taъkidlagan.

Ash-Sharъ esa alohida chiqishida bosqinchi isroil Suriya suverenitetini hurmat qiluvchi xavfsizlik kelishuvi tuzmaguncha, Yaqin Sharq yangi beqarorlik xavfi ostida qolishidan ogohlantirgan.

Yaqin Sharq instituti tadbirida soʻzlagan Suriya etakchisi kelishuvga umid bildirgan boʻlsa-da, rejim oʻzgarishidan keyingi Suriyaning zaifligidan foydalanayotgan Isroilning hujumlari davom etayotganini taъkidlagan.

Mavzuga aloqador