11.05.2024 08:58
Afrika davlatlari sobiq mustamlakachilardan tovon puli talab qilmoqda
Mustamlakachilik davrida Evropa davlatlari 12,5 milliondan ortiq afrikaliklarni oʻgʻirlab kemalarda olib ketgan. Afrikaning San-Tome va Prinsipi orol davlati hukumati mustamlakachilik siyosati natijasida etkazilgan zarar uchun Portugaliyadan tovon puli talab qilishini aytdi.
———
Afrika davlatlari uzoq yillar davomida mustaqillik, qashshoqlik va qullikdan mahrum boʻlgan shafqatsiz ekspluatatsiya uchun sobiq mustamlakachilardan pul tovonini talab qilmoqda.
Sobiq mustamlakachilardan tovon toʻlashni talab qilish mavzusi San-Tome va Prinsipi Portugaliyadan tovon puli talab qilish niyatini eʻʻlon qilganidan keyin yana dolzarb boʻlib qoldi. Toʻrt asrdan koʻproq vaqt davomida Evropa davlatlari qullikka sotish uchun 12,5 milliondan ortiq afrikaliklarni kemalarda olib ketishdi.
Afrikaliklar Braziliya va Karib havzasi kabi Amerikadagi mamlakatlarga olib kelindi va asosiy inson huquqlaridan mahrum boʻlgan sharoitlarda evropalik koʻchmanchilar uchun ishlashga majbur boʻldi.
Oʻtgan hafta Afrikaning San-Tome va Prinsipi orol davlati hukumati mustamlakachilik siyosati natijasida etkazilgan zarar uchun Portugaliyadan tovon puli talab qilishini aytdi.
Portugaliya 1486 yildan 1975 yilgacha San-Tome va Prinsipni mustamlaka qilib, minglab odamlarni qullikka aylantirdi yoki koʻchirdi. 50 yildan soʻng Portugaliya hukumati mustamlakachilik oʻtmishini tan olish orqali tovon toʻlashi mumkinligi haqida xabar yubormoqda.
Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Sousa 23 aprelʻ kuni uning mamlakati qul savdosi va mustamlaka davrida sodir etilgan jinoyatlar uchun masʻʻul ekanini va tovon toʻlashi kerakligini aytganidan keyin San-Tome va Prinsipi hukumati tovon pulini talab qilish niyatini eʻʻlon qildi.
Angola, Kabo-Verde, Gvineya-Bisau, Mozambik kabi mamlakatlarning mustamlaka qilinishi nafaqat moddiy zararga, balki madaniy obidalarning vayron boʻlishiga ham olib keldi.
Olti millionga yaqin afrikaliklar oʻgʻirlab ketilgan, Portugaliya kemalarida Atlantika boʻylab majburan olib oʻtilgan va koʻplab mamlakatlarda, asosan Braziliyada qullikka sotilgan.
Gaitidagi nohukumat tashkilotlar Frantsiyadan "mustaqilligini tan olish evaziga" olgan milliardlab dollar tovon pulini toʻlashni talab qilmoqda.
Gaiti 300 yillik mustamlakachilikdan soʻng 1804-yilda mustaqillikka erishgan mintaqadagi birinchi davlat boʻldi.
1825 yilda Gaitini mustaqillikka erishganidan keyin tan olgan Frantsiya mamlakatni katta miqdorda tovon toʻlashga majbur qildi. Mablagʻlar 1947 yilgacha mustaqillikdan keyin yoʻqotilgan daromadlar uchun har yili toʻlanishi kerak edi.
-Germaniya genotsidni tan oldi
Germaniya Namibiyaga 2021 yilda bu mamlakatda sodir etgan genotsid uchun 1,1 milliard evro toʻlashga rozi boʻldi.
1904-1908 yillarda Namibiya Germaniyaning Janubi-Gʻarbiy Afrikadagi mustamlakalaridan biri boʻlgan davrda mamlakatning ikki yirik jamoalari - Herero va Nama xalqlarining qoʻzgʻolonlarini bostirish chogʻida oʻn minglab odamlar halok boʻldi.
Mintaqada yashovchi 65-80 ming Herero va 20 ming Namaning deyarli yarmi halok boʻlganligi taxmin qilinmoqda.
2023 yil 26 iyulda Nigerda hokimiyatni qoʻlga olgan xunta Frantsiyadan “bir asrdan ortiq mustamlakachilik va tabiiy boyliklarini talon-taroj qilgani uchun” tovon toʻlashini istaydi.
Mamlakat rasmiylarining aytishicha, Afrikaning yaqin tarixiga oid barcha arxiv maʻʻlumotlari oʻrganiladi va frantsuzlarning Nigerga toʻplagan barcha qarzlarini toʻlash uchun batafsil dastur tayyorlanadi.
Afrika kun tartibida tovon toʻlash talablari yuqori boʻlsa-da, Evropa davlatlari bu borada turlicha pozitsiyada.
Britaniya bu borada chora koʻrishdan oʻzini tiyadi, Frantsiya, Germaniya va Niderlandiya esa mustamlakachilik davrida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olgan koʻrinadi.
Afrika va Karib havzasi davlatlari 2023 yilda Ganadagi sammitda Qullikni qoplash uchun global harakatni boshlashga kelishib oldilar.
Shu bilan birga, Afrika Ittifoqi Karib havzasi davlatlari bilan hamkorlikda Evropa davlatlarini “tarixiy xarakterdagi yirik jinoyatlar” uchun toʻlashga ishontirish uchun “birlashgan front” tuzdi.