26.07.2025 15:14
142
Afgʻonistonning eng notinch hududida ham osoyishtalik oʻrnatildi
Afgʻonistonda Islomiy Amirlik oʻrnatilganidan beri Nuriston viloyatida biror bir jiddiy buzgʻunchilik harakati sodir etilgani yoʻq. Bu haqda viloyat politsiya boshligʻi Axtar Muhammad Mazmal maъlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu barqarorlik aholi va xavfsizlik organlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik, shuningdek, mahalliy aholi bilan yuksak darajadagi oʻzaro tushunish va muvofiqlashuv natijasidir.
Ilgari mamlakatdagi eng notinch togʻli mintaqa sifatida tanilgan Nuriston soʻnggi yillarda sezilarli oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgani aytilmoqda.