22.07.2025 11:29
156

Afgʻonistonning bir qarich eri ham xorijliklarga berilmaydi – Muttaqiy



Afgʻonistonning hatto bir qarich erida ham xorijlik harbiylarga joy yoʻq. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy aytib oʻtdi. 

AQSh etakchisi Donalьd Trampning mamlakatdagi Bagrom aviabazasida Xitoy qoʻshinlari borligi haqidagi bayonotlariga javob bergan Muttaqiy:

"Islom amirligi Afgʻonistonda hech qanday tashqi harbiy kuchlar boʻlishiga ruxsat bermaydi. Bejizga yigirma yil kurashmadik va yuz minglab shahidlar qoni toʻkilmadi. Milliy suverenitet “qizil chiziq”dir. Xorijiy kuchlarni joylashtirish masalasi hatto muhokamaga ham qoʻyilmagan", degan u.

Uning taъkidlashicha, agar afgʻonlar buni qabul qilishga tayyor boʻlganlarida, ular mamlakatda AQSh, NATO va uning ittifoqchilari mavjudligini qabul qilgan boʻlardi. Ammo ular oxirgi bosqinchini quvib chiqarguniga qadar kurashdilar.

Mavzuga aloqador