Mʻyanma afyun ishlab chiqarishda Afgʻonistonni ortda qoldirib, dunyoda birinchi oʻringa koʻtarildi
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boshqarmasi (UNODC) xunta (harbiy terroristik guruh – tarj.) hukmronligi ostidagi Mʻyanma Afgʻonistonni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik afyun (qoradori) ishlab chiqaruvchisiga aylanganini eʻʻlon qildi.
UNODC oʻzining
"Janubiy-Sharqiy Osiyoda afyun tadqiqoti - 2023" hisobotida mintaqa
davlatlarining giyohvand moddalar ishlab chiqarishi haqidagi maʻʻlumotlar bilan
oʻrtoqlashdi.
Hisobotga koʻra, 2021 yil fevralidan beri harbiylar hukmronligi ostida boʻlgan Mʻyanma afyun ishlab chiqarish borasida “Tolibon” maʻʻmuriyati
tomonidan taqiqlanganidan soʻng Afgʻonistondan oʻzib ketdi va dunyoda birinchi oʻringa chiqib
oldi.
Mʻyanmada mahsulot
etishtiriladigan er maydonlari oʻtgan yili 18 foizga oshib, 116 ming 400 dekarga
(11640 gektar) etdi.
Hozirgi
ekin maydonlari 2013 yildagi 143 300 dekatarga etmagan boʻlsa-da, soʻnggi uch
yilda barqaror oʻsish orqali koʻknori maydonlari asta-sekin kengayib bormoqda.
UNODC
noyabrʻ oyida qilgan bayonotida “Tolibon” taqiqi ortidan Afgʻonistonda koʻknori
etishtirish 95 foizga kamaygani qayd etilgan edi. Koʻknorining dumbul boshogʻidan morfin
va geroinning asosiy moddasi hisoblangan afyun olinadi.