22.11.2024 15:01

Afgʻonistonda shia hazoralarga uyushtirilgan qurolli hujumda 10 kishi halok boʻldi

Afgʻoniston shimolidagi Bagʻlon viloyatida hazoralar (etnik guruh, shialar)ga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 10 kishi halok boʻldi.

Afgʻoniston matbuotiga koʻra, kecha Nehrin tumanida nomaʻʻlum shaxslar shialarga qarata oʻt ochgan.

Afgʻoniston rasmiylari hujum haqidagi xabarlarga hozircha izoh bergani yoʻq.

Ijtimoiy tarmoqlarda hujumda halok boʻlganlarning jasadlari aks etgan suratlar chop etilmoqda. 

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmadi.

Afgʻonistonda turli qurolli guruhlar, ayniqsa IShID terror tashkiloti afgʻon shialariga qarshi tez-tez qurol yoki portlovchi moddalar yordamida hujumlar uyushtirib turadi.

Mavzuga aloqador