05.06.2025 06:20
231
Afgʻonistonda Qurbon hayiti munosabati bilan yuzga yaqin mahbus ozod etildi
Sharqiy Afgʻonistonda joylashgan Lagman viloyati hokimiyati Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) munosabati bilan markaziy qamoqxonadan 91 nafar mahbus ozod etilganini maъlum qildi. Bu chora Afgʻoniston Islom amirligi rahbariyati tomonidan eъlon qilingan maxsus amnistiya doirasida amalga oshirilgan.
Viloyat hokimining matbuot kotibi Abdulmalik Niyoziyning soʻzlariga koʻra, 53 nafar mahkumning jazo muddati ham qisqartirilgan. Ushbu tashabbus jazo muddati tugash arafasidagilarga ikkinchi imkoniyat berish siyosati doirasida amalga oshirilgan.
Bir necha kun avval qoʻshni Nangarxar viloyatida ham 317 nafar mahbus ozod etilib, 385 kishiga tayinlangan jazo engillashtirilgan.