03.06.2025 17:17
371

Afgʻonistonda Qurbon hayiti 7 iyunda nishonlanadi



Afgʻoniston hukumati Qurbon hayiti rasman 7 iyunь kuni nishonlanishini eъlon qildi. https://x.com/SupremeCourt_af

Qayd etilishicha, Afgʻonistondagi “Hilol koʻrish qoʻmitasi” hech bir viloyatda 28 may kuni zulhijja oyi koʻrinmaganini maъlum qilgan. Aholi vakillari ham ushbu oyni koʻrgani haqida shariat sudlariga guvohlik bermagan. Shundan kelib chiqib, afgʻon hukumati 28 may zulqaъda oyining soʻnggi kuni ekanini aytib, 7 iyunni Qurbon hayiti sifatida belgilagan. 

Maъlumot uchun, zulhijja oyining birinchi kuni Saudiya Arabistonida 28 mayga toʻgʻri keladi. Musulmonlarning ikki yirik bayramidan biri boʻlgan Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-kuni nishonlanadi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Qurbon hayiti bayrami 6 iyunga toʻgʻri kelishini maъlum qilgan.

Mavzuga aloqador