01.03.2024 12:37

Afgʻonistonda qor yogʻishi va ayoz tufayli 9 kishi halok boʻldi, ikki kishi jarohatlandi

Afgʻonistonda soʻnggi 48 soat ichida kuchli qor yogʻishi, yomgʻir va ayoz oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi, yana ikki kishi jarohatlandi. Shimoliy Faryob viloyatida sovuq havo va qor tufayli ming boshga yaqin chorva nobud boʻldi.

Afgʻonistonda soʻnggi 48 soat ichida kuchli qor yogʻishi, yomgʻir va ayoz oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi, yana ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinʻxua Afgʻoniston milliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi rasmiy vakili mulla Janan Saikga tayanib xabar qildi.

Oxirgi ikki kun ichida Afgʻonistonning etti viloyatida jala va qor boʻroni bilan birga sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Baʻʻzi hududlarda koʻplab chorva mollari nobud boʻlgan.

Shimoliy Faryob viloyatida sovuq havo va qor tufayli ming boshga yaqin chorva nobud boʻldi.

19 fevralga oʻtar kechasi ham kuchli yogʻingarchilik natijasida Afgʻoniston sharqidagi Nuriston viloyatida koʻchki sodir boʻldi. Hodisada kamida 25 kishi halok boʻldi, 8 kishi jarohatlandi, koʻplab insonlar vayronalar ostida qoldi.

Mavzuga aloqador