24.05.2025 17:33
114

Afgʻonistonda majburiy nikoh va oilaviy zoʻravonliklarning oldi olindi

Afgʻonistonda 38 ayolning majburiy nikohlanishi, 40 ayolning oilaviy zoʻravonliklarga duchor boʻlishiga chek qoʻyildi. 24 ayolning esa shariatga muvofiq merosdan ulush olishi taъminlangan. Bu haqda Islom amirligining Fazilatlarni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi maъlum qildi. 

Vazirlik hisobotiga koʻra, Afgʻoniston boʻylab ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha sezilarli natijalarga erishilgan. 

Oldinroq, Afgʻoniston oliy rahbari Haybatulla Ohunzoda ayollar huquqlari toʻgʻrisida farmon chiqargandi.

Farmonda rahbariyat barcha tegishli mutasaddilar, din ulamolari va oqsoqollarga ayollarning quyidagi huquqlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha jiddiy choralar koʻrishni topshirgan: voyaga etgan ayolni turmushga uzatishda uning roziligi talab qilinadi, hech kim ayollarni turmushga chiqishga majburlay olmaydi.

Hujjatga koʻra, "ayol mulk emas, hurmatli va ozod inson, hech kim uni hech kimga biror manfaat evaziga berib yubora olmaydi".

Mavzuga aloqador