02.10.2025 17:15
63
Afgʻonistonda internet qayta tiklandi
Tolo News nashrining xabar berishicha, Afgʻonistonda internet toʻliq tiklangan.
29 sentyabr kuni dunyoda internet erkinligi monitoringi bilan shugʻullanuvchi NetBlocks tashkiloti «Tolibon» optik tolali internetni oʻchirganini bildirgandi.
30 sentyabr kuni Afgʻoniston hukumati bu daъvolarni rad qilib, mamlakatda internetning oʻchirilishi «optik tolali infratuzilmaning buzilishi» bilan bogʻliqligini maъlum qildi.
Associated Press xabariga koʻra, mamlakatda internetning oʻchirilishi bank, savdo va aviatsiyada uzilishlarga olib kelgan.
Afgʻoniston hukumati vakili Zabihullo Mujohidning aytishicha, hozirda optik tolali tarmoqlar almashtirilmoqda.