18.09.2025 08:36
225

Afgʻonistonda davlat xizmatchilarining smartfondan foydalanishi taqiqlandi


Afgʻoniston oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda davlat xizmatchilariga ish joyida smartfonlardan foydalanishni taqiqladi.

Tolonews'ning yozishicha, bundan oldin Islom amirligining qator hududlarida Wi-Fi xizmati toʻliq oʻchirilgan va butun mamlakat boʻylab optik tolali internet faoliyati toʻxtatilgandi.

"Mobil tarmoqlar hozircha ishlamoqda, biroq ularning tezligi past va tariflari yuqori", deyiladi xabarda.

Hukumat ushbu cheklovlarni "axloqsizlikka qarshi kurash" bilan izohlamoqda.

Manbalarga koʻra, smartfonlarni taqiqlashdan maqsad ham xodimlarning internetdan "notoʻgʻri foydalanishi" va "gʻayriaxloqiy kontent"ni koʻrishining oldini olishdir. 

Mavzuga aloqador