03.03.2025 10:04
281
Afgʻonistonda 650 nafar oʻquvchi qiz Islom ilmlari maktabini tamomladi
Afgʻoniston Islom Amirligida Qobul Islom ilmlari maktabini bu yil 650 nafar talaba qiz tamomladi. Bu haqda ToloNews xabar berdi.
Diniy maktab rahbarining soʻzlariga koʻra, bu yilgi bitiruvchilardan 54 nafari Qurъonni yod olgan boʻlsa, 86 nafari Oliy islomshunoslik boʻlimining tarjima va tafsir yoʻnalishini, qolganlari esa Qurъon va qiroat yoʻnalishini tamomlagan.
Talaba qizlar diniy taъlimdagi yutuqlari bilan cheklanib qolmasdan, boshqa sohalarda ham ilm olmoqchi ekanini aytib oʻtishgan. “Diniy fanlarni tamomlashning oʻzi biz uchun katta baxt, ammo boshqa sohalarda ham yuksalishni istaymiz”, degan bitiruvchilardan biri.
Maъlumot uchun, ushbu tadbir taъlim dargohida oʻtkazilgan toʻrtinchi bitiruv marosimi hisoblanadi. Hozirgacha mazkur taъlim muassasasini 1200 nafar qiz bitirgan.