26.05.2025 17:00
123
Afgʻoniston Rossiya va Xitoy bilan dollarda emas, oʻz milliy valyutasida savdolashmoqchi
Afgʻonistonning savdo vaziri Hoji Nuruddin Aziziyning maъlum qilishicha, hukumat Rossiya va Xitoy bilan dollarsiz, milliy valyutalarda savdo qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Ruslar bilan muzokaralar ilgʻor bosqichda. Oʻzaro hisob-kitoblarning rublь va afgʻoniyda amalga oshirilishi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Xitoy bilan ham shunga oʻxshash takliflar ilgari surilgan va Kobuldagi Xitoy elchixonasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilib, muzokaralar olib borilmoqda.
Afgʻonistonning Rossiya bilan yillik savdo hajmi hozirda taxminan 300 mln dollarni tashkil etadi va bu koʻrsatkich neftь mahsulotlari va plastmassa importining oshishi bilan yuqorilashi kutilmoqda. Xitoy bilan esa yillik savdo hajmi taxminan 1 mlrd dollarni tashkil etadi.
Bu tashabbuslar Rossiya va Xitoyning AQSh dollariga bogʻliqlikni kamaytirish va oʻz milliy valyutalarini xalqaro savdoda faolroq qoʻllash harakatlaridir. Afgʻoniston esa xalqaro moliyaviy yordamning qisqarishi va AQSh dollari kirib kelishining kamayishi fonida iqtisodiy barqarorlikni taъminlash uchun muqobil yoʻl izlamoqda.
Maъlumot uchun, 2021 yilda "Tolibon" hokimiyatga kelganidan beri Afgʻonistonning moliyaviy sektori xalqaro bank tizimidan deyarli uzilgan. Shu sababli, milliy valyutalarda savdo qilish tashabbusi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.