02.09.2025 15:25
165

Afgʻoniston hukumati toʻyonadan tortib "kelin puli" berishgacha taqiqladi



Afgʻoniston adliya vazirligi yangi qonun chiqarib, toʻylardagi ortiqcha urf-odat, marosim va xarajatlarni taqiqladi. Hujjatda bu kabi odatlarning Islomga toʻgʻri kelmasligi hamda turgan-bitgani isrofgarchilikdan iboratligi aytilgan. Ushbu taqiq sovchilik marosimi, toʻy oldi va toʻydan keyingi ziyofatlar, hashamatli dasturxonlar, toʻyona, seplar, unashtiruv marosimi, qimmatbaho sovgʻalar almashishdan tortib kelinning kuyovnikiga olib kelishi kerak boʻlgan jihozlargacha oʻz ichiga oladi.
 
Bundan buyon toʻylar kuyovning yashash joyida va uning moddiy imkoniyati doirasida oʻtishi shart. Toʻy tadbirlarida qimmatbaho sovgʻalar, bayramona otishma va avtomobilь poygalari oʻtkazish taqiqlanadi. 

Kuyov oilasi kelin puli va shunga oʻxshash moliyaviy talablarni bajarishga ham majburmas. 

Hujjatda xarajatlarni kamaytirish maqsadida nikoh toʻylari unashtiruv marosimi va nikoh shartnomasi tuzilganidan keyin tezda oʻtkazilishi belgilangan.

Mavzuga aloqador