19.11.2024 14:47

Abxaziya prezidenti isteʻʻfoga chiqdi


Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya muxolifat bilan muzokaralar yakuniga koʻra isteʻʻfoga chiqdi. Prezident bilan birgalikda bosh vazir Aleksandr Ankvab va Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Dmitriy Dbar ham oʻz lavozimlarini tark etishmoqda. , Abxaziyada Rossiya va Abxaziya oʻrtasidagi sarmoyaviy kelishuvdan norozilik sababli bir haftacha oldin norozilik namoyishlari boshlangan edi.
Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya muxolifat bilan muzokaralar yakuniga koʻra isteʻʻfoga chiqdi. Bjaniya parlament spikeri Lala Ashubaga yoʻllangan tegishli bayonotni Abxaziya prezidenti matbuot xizmati eʻʻlon qildi.
“Mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida, Abxaziya Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq, men Abxaziya Respublikasi prezidenti lavozimidan isteʻʻfoga chiqaman”, — deyiladi hokimiyat va muxolifat oʻrtasidagi koʻp soatlik muzokaralardan soʻng Bjaniya imzolagan hujjatda. 
Imzolangan hujjatga koʻra, 19 noyabrʻ kuni hukumat binolari hududi va majmuasi ichkarisida toʻplangan namoyishchilar tarqab ketishi kerak. Agar ushbu bandga rioya qilinmasa, prezident Bjaniya oʻz isteʻʻfosini qaytarib oladi.
Abxaziya prezidenti vazifasini vitse-prezident Badra Gunba bajaradi, u respublika bosh vaziri Aleksandr Ankvabni lavozimidan ozod qiladi va mazkur lavozimga Valeriy Bganbani tayinlaydi.
Maʻʻlumot uchun, Abxaziyada Rossiya va Abxaziya oʻrtasidagi sarmoyaviy kelishuvdan norozilik sababli bir haftacha oldin norozilik namoyishlari boshlangan edi.
15 noyabrʻ kuni parlament deputatlari Rossiya bilan investitsiya shartnomasini ratifikatsiya qilish loyihasini qabul qilishlari fonida Abxaziyada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Muxolifatga koʻra, hujjatning ratifikatsiya qilinishi Abxaziyadagi oʻrta va kichik biznesga salbiy taʻʻsir qiladi va rossiyalik ishbilarmonlarga turistik obʻʻektlar qurish imkoniyatini beradi. Namoyishchilar prezidentni lavozimni tark etib, muvaqqat hukumat tuzishni talab qilishdi.

Mavzuga aloqador