11.12.2023 12:45

7 oktyabrdan buyon Gʻazoda 430 nafar isroil askari halok boʻldi

Isroil armiyasi ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida yana toʻrt nafar askar halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Bu haqda Anadolu Isroil tomoniga tayanib xabar bermoqda.

“Gʻazo sektoridagi toʻqnashuvlar chogʻida zaxiradagi uch nafar harbiy xizmatchi: 35 yoshli Gideon Ilani, 36 yoshli Itai Berri va 42 yoshli Avitar Koen halok boʻldi. Halok boʻlganlarning oila aʻʻzolariga maʻʻlum qilindi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, 34 yoshli isroillik askar Gal Bexir xizmat vaqtida yoʻl-transport hodisasida halok boʻldi, deya taʻʻkidladi armiya matbuot xizmati boshqa tafsilotlarni keltirmasdan.

Shu tariqa, 7 oktyabrdan beri Falastin anklavida halok boʻlgani rasman tan olingan isroillik harbiylar soni 430 nafarga etdi. Ayni vaqtda Gʻazoda quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan keyin Isroil qurolli kuchlarining 102 nafar vakili halok boʻldi.

Avvalroq Isroilning Gʻazoga hujumlari oqibatida 17 997 nafar falastinlik halok boʻlgani, 49 229 nafari esa jarohatlangani xabar qilingan edi. Shuningdek, ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil kuchlari va yahudiy koʻchmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda halok boʻlgan falastinliklar soni 274 nafarga etdi.

Mavzuga aloqador