08.03.2024 09:43

3D-printer yordamida qurilgan ilk masjid ochildi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 3D-printer yordamida qurilgan ilk masjid ochilishi boʻlib oʻtdi. Al-Aziz Sharbatli masjidi 6 oyda “bosib chiqarildi”.

6 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 3D-printer yordamida qurilgan dunyodagi birinchi masjid ochildi. Xitoyning Guanli kompaniyasi tomonidan barpo etilgan masjid eng yangi toʻrtinchi avlod qurilish texnologiyalari yordamida “chop qilindi”.

Saudiya Arabistoni matbuotining xabar berishicha, Jidda viloyatida Al-Javhara loyihasi doirasida Al-Aziz Sharbatli masjidining toʻliq qurilishi uchun 6 oy sarflangan. Majmuaning umumiy maydoni 5600 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda BAAning Dubay shahrida ham 600 namozxonga moʻljallanib 2000 kvadrat metr maydonga ega ikki qavatli 3D-masjid qurilmoqda. Ushbu masjid qurilishi 2025 yilda yakunlanishi kerak.

Mavzuga aloqador