1967 yildan beri ilk marta yahudiy nomzod Suriya parlamenti saylovlarida qatnashadi
Suriya-amerikalik ravvin Genri Xamra Damashq okrugidan Xalq majlisiga oʻz nomzodini qoʻydi. Shu tariqa, u 1967 yildan buyon Suriyada parlament saylovida qatnashgan birinchi yahudiy nomzodga aylandi. Agar saylansa Xamra oʻtgan asrning 40-yillaridan beri parlamentdagi ilk yahudiy deputat boʻladi.
Genri Xamra bu yil Suriyaga qaytgan va Suriya tiklanishi uchun 100 ming dollar xayriya qilishga vaъda bergandi.
Prezident Ahmad ash-Sharъ hokimiyatga kelganidan beri yahudiy jamoasiga nisbatan nisbatan ochiqlik siyosatini yuritib, Damashqqa turli yahudiy delegatsiyalarini, hatto ayrim isroillik fuqarolarni ham qabul qildi.
Oʻtgan hafta esa u amerikalik milliarder va Jahon Yahudiy Kongressi prezidenti Ronalьd Lauder bilan uchrashdi. Suhbat “juda ijobiy” kechgani va isroil bilan munosabatlarni normallashtirish masalasi muhokama qilingani maъlum qilingan.