23.03.2025 10:30

“Musulmon ayolning pardoz kitobi" – Bugungi ayollarning ziynati


Davrlar oʻtdi, zamonlar oʻzgardi. Ayollar sekin-astalik bilan xulqiy tanazzulga uchray boshladi, ularning zebu-ziynat vositalari ham oʻzgardi, goʻzallik uylari vujudga keldi. Bu muassasalarning asosiy maqsadi ayollarning ochiq-sochiq liboslari, tanalarining namoyishi hisoblanadi. Ularning ochilishi sababi modalarni oʻzgartirish, ayollarni aldab qoʻyadigan, ular orqali yomonliklarni ommaga chiroyli koʻrsatadigan va kishi aqlini charchatadigan darajada koʻp boʻlgan turli koʻrgazmalar oʻtkazishdan iborat. Bu ishlar  aql bovar qilmas darjada din va axloq nizomlaridan uzoq-ki, hatto johiliyat jamiyati ham buni anglab etmagan edi. Balki, yigirma birinchi asr johiliyati avvalgi johiliyat zamoni odatlarini ham oʻz ichiga olgan va oʻzlaricha “tamaddun” deb ataydigan eng yuqori pallasiga etgants.

Aql tarozisiga solib oʻylab koʻrilsa, har daqiqada oʻzgarayotgan yangi  andozalar, har lahzada boʻy koʻrsatayotgan  modalar va  koʻrgazmalar ayollarni aqlsizlik sari haydab ketayotganini koʻrish mumkin. Ayollar ushbu xatarli oqim taъsiriga tushib, uning taqozosiga koʻra oʻzlarini orolamoqdalar.   Ayollar modalar uyi taqdim etayotgan har bir narsani sotib olish va oʻzlarida qoʻllashga shu qadar berilib ketdi-ki, bundan xavotirga tushgan psixologlar  ayollarning vasvasa kasaliga chalinib qolishdan ogohlantirmoqda.

Afsuslar boʻlsinki,  gazeta va jurnallar bu modalar va ochiq-sochiq liboslarni reklama qilib, tarqatmoqda,  muslima ayollarni oyoqosti qilgan holda yalangʻochlik va buzuqlikka etaklamoqda. Hatto ularning sharъiy liboslaridan koʻnglini qoldirish maqsadida, mashhur modelerlar ayollarimizning liboslarini masxaralab, turli taъriflar bergan. Shulardan biri Anis (Unays) Mansur ismli modelьer-dizayner boʻlib, u quyidagilarni aytgan:

“Bu yil qishda shundoq bir oddiy va ahmoqona  moda silsilasi   namoyon boʻladi.  U liboslar oʻta keng va uzun. Uni kiygan ayollarimiz xuddi kiyim ilgichga oʻxshab qoladilar, ularning jismi va kiyib olgan libosi  xuddi urushayotganga oʻxshaydi. Bu kiyimda na oyoq koʻrinadi va na koʻkrak bilinadi. Na bilak va na boʻyin boʻlmaydi, ayollar goʻyo turli rangli chodirlarga oʻxshab qolishadi”.

Amina Said ismli  ayol “ Havvo ” gazetasining 1972 yil, 18 noyabr sonida bergan maqolasida islom shariati ayollarga farz qilgan liboslar haqida:

“Albatta, bu keng-moʻl liboslar shunchaki yuzaki bir qatlamga oʻxshaydi. Uning oʻzi Allohni roziligini topish yoki jannatga kiritishga kifoya emas. Shunday ekan, men yosh qizlarning koʻcha va universitetlarga  xunuk koʻrinishli bunaqa liboslarda borishlari va oʻzlaricha buni “Islomiy bichim” deb atashlarida biror mantiq koʻrmayman. Taъlim muassasalarida bir guruh qizlarni butun jismini boshidan qadamigacha oʻrab qoʻyishlari, xuddi kafanning koʻrinishi bilan bir xil, deb hisoblayman”.

Yuqoridagi taъriflarga koʻra, hijob – bu Anis Mansur nazdida chodir, Amina Said nazdida kafan hisoblanar ekan. 

Bugungi asr holatiga qarasak, ayollar ishlatayotgan pardoz andoz vositalari boʻlgan yogʻlar, pudralar,  boʻyoq va atirlarni behisob tarzda ishlatayotganidan, ushbu vositalarni targʻib qiladigan sharmandali reklamalar,  koʻcha koʻylarda osib qoʻyilgan afishalar ham ishlab chiqildi.

21 asrda ayollarning pardoz-andozga boʻlgan qiziqish va intilishi shu darajaga etdi-ki, endi u boʻyoqlarga qanoat qilmay, xunuk aъzolarini yoʻqotish va yanada goʻzal boʻlish ishtiyoqida hatto jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishga suyanib qoldi.

Ayollarning xulqida boʻlgan bu kabi tanazzul va toyilishlar oʻzlarini kommunistlar, madaniyatli ziyolilar deb atab, sharmandalik libosini kiygan baъzi toifa vakillari tomonidan yuzaga keltirildi. Ayollar ularga ergashdilar.

Natijaa, oʻzligi, merosi, va tarixidan uzilib qolgan bechora holiga tushdilar.  Ana shu toifa ummatga biz bugun guvohi boʻlib turgan magʻlubiyat va tanazzul eshiklarini ochib bergan ilk vakillar edi.  Ular ayollarini asray olmagani sabab quladilar,  bu ularni halokatga etakladi. Bu ishlar natijasida  muslima ayollar oʻzining koʻrkam liboslaridan ayrilib qoldilar.  Bu ham etmaganidek, oʻz tarixi, madaniyati va ijtimoiy kelib chiqishidan ham voz kechishganini oshkora eъlon qildilar. Ular fazilati boʻlgan barcha narsadan voz kechib, oqibatda keraksiz, fikri tarqoq,  vijdoni darz ketgan bechora sifatida qolib ketdilar, ularni bu yoʻlga boshlaganlar esa qorongʻida yoʻl topa olmaydigan holda tashlab ketishdi. Bu holatni “Kallam bor — bir qop tillam bor”,  degan  naqlga naqadar mosligini koʻrish mumkin. albatta, ilm insonni bezaydi, u eng ulugʻ va goʻzalroqdir.

Bizni bunday holatga tushib qolmasligimiz uchun Alloh taolo Oʻz kitobida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida ogohlantirgan, kofirlarga va ularning qilib yurgan ishlariga  muvofiq ish qilmaslikka chaqirgan edilar.

Alloh subhanahu va taolo:  “Sen: «Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin oʻzlari adashib va koʻpchilikni adashtirib, toʻgʻri yoʻldan umuman chiqqanlarning havoi nafslariga ergashmang», deb ayt”, deb amr qiladi. 

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim oʻzini bir qavmga oʻxshatsa, bas oʻshalardan biridir”, deb marhamat qilgan edilar.

Mavzuga aloqador