Qozogʻiston AQShning energetika kompaniyalari bilan 2032 yilgacha uran etkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzdi. Maʻʻlumotlarga koʻra, Qozogʻiston jahon uran zaxiralarining 12 foiziga ega va 2022 yilda 21 ming tonnaga yaqin uran ishlab chiqargan, bu oʻsha yili jahon miqyosidagi ishlab chiqarishning 43 foizini tashkil etgan.

Dunyodagi eng yirik uran qazib oluvchi Qozogʻiston AQShning energetika kompaniyalariga ushbu metall eksportini koʻpaytirish boʻyicha "faol ishlamoqda". Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Mamlakat Energetika vazirligi seshanba kuni AQSh senatori Stiv Deyns bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda energetika sohasidagi hamkorlik muhokama qilinganini maʻʻlum qildi. Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakat allaqachon Southern Co, Constellation Energy Corp. va Duke Energy Corp kabi kompaniyalar bilan 2032 yilgacha uran mahsulotlarini etkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzgan.

Butunjahon yadroviy assotsiatsiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, Qozogʻiston jahon uran zahiralarining 12 foiziga ega va 2022 yilda 21 ming tonnaga yaqin uran ishlab chiqargan, bu oʻsha yili jahon ishlab chiqarishining 43 foizini tashkil qilgan.

Dunyo boʻylab hukumatlar iqlim oʻzgarishi siyosatining bir qismi sifatida atom energetikasiga murojaat qilayotgani sababli ushbu radioaktiv metalga boʻlgan talab ortmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Rossiyadan yadroviy reaktorlar va qurollarni yoqilgʻi bilan taʻʻminlashda foydalaniladigan boyitilgan uranni import qilishni taqiqlamoqchi.

Mavzuga aloqador