Qozogʻiston Qatarga halol va organik mahsulotlar etkazib bermoqchi
Qozogʻiston Qatar bozoriga halol va organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini etkazib berishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida 17,6 mlrd dollarlik yirik va strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalar amalga oshirilishi maʻʻlum qilindi.
Qozogʻiston
bosh vaziri Oljas Bektenov Dohada qatarlik hamkasbi bilan muzokaralar oʻtkazdi,
deya xabar bermoqda Orda.kz.
Qozogʻiston hukumati rahbari respublika Qatar bozoriga halol
va organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini etkazib berish boʻyicha hamkor boʻlishga
tayyorligini maʻʻlum qildi. Mahalliy korxonalar Qatar kompaniyalari bilan qishloq
xoʻjaligi sohasidagi loyihalar boʻyicha hamkorlikni allaqachon boshlab yuborgan.
“Biz misli koʻrilmagan summasi 17,6 milliard dollarlik yirik
va strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish arafasidamiz,
– dedi Oljas Bektenov shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashuvda.
Muzokaralar natijasida tomonlar qurilish shartnomasini
imzoladilar:
5,7 mlrd dollarga gazni qayta ishlash zavodlari;
7,7 mlrd dollarga “Aqtoʻbe – Qostanay” magistralʻ gaz quvurlari va
“Beyneu – Bozoy –
Chimkent” ikkinchi liniyasi;
2,7 mlrd dollarga 1100 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz qurilmasi negizidagi elektrostantsiya va
350 MVt quvvatga ega GES;
bugʻdoy, noʻxat va sutni chuqur qayta ishlash zavodlari.