Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi chet ellik ishchilarni maqsadli, tashkiliy yollash uchun jamoat yuridik kompaniyasini yaratishni hamda uning mexanizmini rossiyalik ish beruvchilar foydasiga takomillashtirishni taklif qilmoqda.

Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Rossiyada ishlash” ("Rabota v Rossii") davlat kompaniyasini mehnat muhojirlarini tashkiliy yollash operatoriga aylantirishni taklif qildi.

Vazirlik Mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) bilan birgalikda tegishli prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi. Hujjatga koʻra, "Rossiyada ishlash" davlat nazorati ostida boʻladi, u orqali migrantlar tashkiliy ishga qabul qilish doirasida ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar.

Chet el fuqarolarining Rossiya hududida boʻlishini nazorat qilish Ichki ishlar vazirligiga yuklangan.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari Dmitriy Platiginning soʻzlariga koʻra, vazifa mahalliy kompaniyalar uchun xorijlik ishchilarni jalb qilishning ustuvor modeliga tashkiliy yollashdan iborat. Mexanizm xodimlarni malakaga qarab tanlash imkonini beradi.

"Rossiyada ishlash" chet ellik ishchi bilan shartnoma tuzadi, ishchilar reestrini yuritadi, ishchilarning qaysi ish beruvchi ehtiyojiga koʻra mamlakatga kelganiga qarab, bevosita uning qoʻlida band ekanini monitoring qiladi. Shuningdek, “Rossiyada ishlash” chet ellik ishchi tomonidan ish beruvchida boʻlish rejimini buzish holatlari hamda ish beruvchi migrantning mehnat huquqlarini buzgan holatlar haqida tegishli organlarga xabar beradi.

Avvalroq Mehnat vazirligi migrantlar bilan mehnat shartnomasini tuzish muddatini ikki yil bilan cheklashni taklif qilgan edi. Agar ish beruvchi tashkiliy yollash doirasida chet ellik ishchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, migrant 30 kun ichida Rossiya hududidan chiqib ketishi kerak boʻladi. Biroq maqsadli ishga qabul qilishda ishtirok etayotgan yangi ish beruvchi u bilan mehnat shartnomasini tuzsa, ishchining mamlakatni tark etishi talab qilinmaydi.

Mavzuga aloqador