Slovakiyada birinchi masjid ochildi
Slovakiyada birinchi masjid ochildi
Slovakiya
poytaxti Bratislavada birinchi toʻlaqonli masjid ochildi. Slovakiya shu vaqtgacha
masjidi boʻlmagan Evropa Ittifoqidagi yagona mamlakat boʻlib kelayotgan edi.
Slovakiyada
birinchi toʻliq masjid paydo boʻldi. Bu haqda mahalliy musulmon jamoatchiligi
ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi, deya maʻʻlum qildi Islam News.
Poytaxt Bratislavada
rieltorlik agentligi binosida ochilgan yangi masjidda namozxonlarning oʻz
saʻʻy-harakatlari bilan soʻnggi pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Maʻʻlumot
uchun, Slovakiya shu vaqtgacha bitta ham masjidi boʻlmagan Evropa Ittifoqidagi yagona
davlat boʻlib kelayotgan edi. Bu mamlakat rasmiylarining islomga nisbatan
oʻziga xos munosabati natijasidir.
2016 yil noyabrida Slovakiya islomning mamlakatda rasmiy din
maqomiga ega boʻlishiga deyarli
yoʻqqa chiqaruvchi qonunni qabul qildi. Chunki ushbu qonunga koʻra, mamlakatda kamida 50 ming nafar eʻʻtiqod
qiluvchisi boʻlgan dinlar rasmiy din maqomiga ega boʻlishi mumkin. Slovakiyada esa
musulmonlar soni 6 ming nafarga yaqin.
2000
yilda Bratislavada islom markazi qurilishi boʻyicha nizo kelib chiqqan: poytaxt meri
dastlab bunday markazni tashkil etishga ruxsat bermagan. Keyinchalik islom markazi
faoliyat boshladi, biroq u toʻlaqonli masjid hisoblanmaydi - u erda hamma jamoat namozlari
ham ado etilavermasdi.